08:18 / 08.04.2020
2 741

Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida 70 dan ko‘proq davlat ishlamoqda

Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida 70 dan ko‘proq davlat ishlamoqda
Foto: Getty Images
Koronavirusga qarshi vaksina va uni davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar “mislsiz tezlikda” olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, 70 dan ko‘proq davlat vaksinani yaratish ustida ish olib bormoqda.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Gebreyesusning ta’kidlashicha, vaksinani yaratish jarayonini tezlashtirish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarga 70 dan ko‘proq davlat qo‘shilgan. Bundan tashqari, 20 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.

Virus genomi yanvar boshida tuzilgan va butun dunyoga tarqatilgan. Bu esa testlar ishlab chiqishga va vaksina ustida ishlarni boshlashga imkon bergan”, deb aytgan JSST rahbari.

Uning ta’kidlashicha, JSST yaqin orada vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish va barcha davlatlar vaksinani olishi uchun uning adolatli taqsimlanishi bo‘yicha tashabbusni e’lon qiladi.

Vaksina va dori-darmon tayyor bo‘lganda, biz ularni butun dunyo bo‘ylab yetkaza oladigan holatda bo‘lishimiz kerak. Bunda badavlatlar va nochorlar orasida farqlanish bo‘lmasligi lozim”, deb aytgan Gebreyesus.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida 70 dan ko‘proq davlat ishlamoqda