10:18 / 08.04.2020
2 001

Nazarboyev: Koronavirus pandemiyasi raqobatchi davlatlarni birlashtirmoqda

Nazarboyev: Koronavirus pandemiyasi raqobatchi davlatlarni birlashtirmoqda
Foto: TASS
Koronavirus pandemiyasi davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishga olib kelmoqda va bir-biri bilan raqobat qiluvchi davlatlarni yaqinlashtirmoqda. Bunday fikrni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining “Biz birdam bo‘lganda – yengilmasmiz” deb nomlangan maqolasida bildirib o‘tdi.

Bugun insoniyat yo‘lning ayrilish joyida turibdi. Hozirgi vaziyatning o‘ziga xosligi shundaki, avval geosiyosat, iqtisodiyot, ekologiya, jamiyat hayotining bunday ko‘p jihatlarini qamrab olmagan hozirgi turnaqator muammolar davlatlararo munosabatlar shaklini o‘zgartirishni boshladi. Bu borada buyuk hind insonparvari Mahatma Gandining so‘zlarini eslash o‘rinli bo‘ladi: “Agar dunyoni o‘zgartirishni istasang, avval o‘zingdan boshla”. Kechagina bir-biriga o‘zaro to‘siqlar qo‘yayotgan, sanksiyalar “urushi”ga kirishgan davlatlar, hozirda bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu global ko‘lamda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar boshlanganining isbotidir”, deb yozgan Nazarboyev o‘z maqolasida.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti o‘z maqolasida jahon tarixidan o‘nlab yillar va hattoki asrlar davom etgan ko‘plab urushlar, tarang vaziyatlar va ixtiloflar joy olganini eslab o‘tgan.

Millionlab odamlar hayotini olib ketgan epidemiyalar ham yuz bergan. Ammo insoniyat bularning barchasida g‘alaba qozongan. Hozirgi musibatlarni ham yengib o‘tamiz. Dunyo davlatlari bu og‘ir vaziyatdan saboq chiqarishlari lozim”, deb hisoblamoqda Nazarboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev: Koronavirus pandemiyasi raqobatchi davlatlarni birlashtirmoqda