11:33 / 08.04.2020
2 484

Enrike Iglesias ikki oylik qizining videosi bilan bo‘lishdi (video)

Enrike Iglesias ikki oylik qizining videosi bilan bo‘lishdi (video)
Foto: Elle
Xonanda Enrike Iglesias Instagram ijtimoiy tarmog‘iga bundan ikki oy avval dunyoga kelgan farzandi Mariyaning videosini joyladi, deb yozadi Elle.
Enrike va tennischi Anna Kurnikova juftligi boshqa mashhurlarga nisbatan shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi. Shu bois ham xonanda tomonidan joylangan video bir qancha mulohazalarga sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha hatto qizaloqning dunyoga kelgani haqidagi xabar ham juftlikning muxlislari uchun kutilmagan bo‘lgan. Chunki Annaning homilador surati tarmoqda tarqalganiga hech qancha bo‘lmay, juftlik qiz farzandli bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi.

Foto: Elle
30 yanvarda qizaloq tug‘ilgani va uning ismi Mariya ekanidan boshqa hech qanday qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Joylangan videoda otasining tizzasida o‘tirgan qizaloq, Fun guruhining «Tonight we are young» qo‘shig‘iga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram

?

A post shared by Enrique Iglesias (@enriqueiglesias) on


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Enrike Iglesias ikki oylik qizining videosi bilan bo‘lishdi (video)