15:53 / 08.04.2020
3 255

Kayli Jenner ikkinchi bor dunyoning eng yosh milliarderi bo‘ldi

Kayli Jenner ikkinchi bor dunyoning eng yosh milliarderi bo‘ldi
Foto: Getty Images
Amerikalik tadbirkor, model va realiti-shou yulduzi Kayli Jenner Forbes jurnali talqini bo‘yicha ikkinchi marta dunyoning eng yosh milliarderi bo‘ldi.

Jenner reytingga ilk bor 2019 yil martda kirgan, noyabrda o‘ziga tegishli kosmetik brendning 51 foizini 600 million dollarga sotishga rozi bo‘lganidan so‘ng reytingdagi o‘rnini mustahkamlab olgandi. Yanvarda 22 yoshli Kayli Jennerning boyligi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Boshqa ko‘pchilik milliarderlardan farqli ravishda, u butun boyligiga o‘zi erishgan. Kayli 2014 yilda kosmetika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Keyinroq u biznesini kengaytirgan.

O‘sha paytlardayoq u haqida tarixda o‘z mehnati bilan milliarderga aylangan eng yosh inson (o‘shanda uning brendi narxi 900 million dollar edi) deya gapirila boshlangan.

Kayli Facebook asoschisi Mark Sukerbergni (u bu maqomga 23 yoshida erishgan) ortda qoldirdi, hamda yoshi 30dan kichik bo‘lgan o‘n milliarderdan biriga aylandi. O‘n milliarderdan yetti nafari meros tufayli milliarderga aylangan bo‘lsa, ikki nafarigina o‘z mehnati bilan boylikka erishgan, lekin ularning yoshi 29da.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kayli Jenner ikkinchi bor dunyoning eng yosh milliarderi bo‘ldi