21:51 / 08.04.2020
5 935

AQSH razvedkasi Uxandagi koronavirus haqida noyabrdayoq ogohlantirishgan

AQSH razvedkasi Uxandagi koronavirus haqida noyabrdayoq ogohlantirishgan
Amerika razvedkasi xodimlari 2019 yil noyabrning oxiridayoq Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus tarqalishi haqida AQSH hukumatini ogohlantirishgan, deb yozadi «ABC» telekanaliga tayanib "Xabar" nashri.

Unga ko‘ra, Uxandagi kasallik tarqalishi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan yili noyabrda Tibbiy razvedka milliy markazi (NCMI) ma’ruzasida batafsil keltirib o‘tilgan. Ma’ruza qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar va yo‘ldosh tasvirlarining tahlil natijalariga asoslanadi. Razvedka Xitoyda kasallik tarqalishi AQSHning Osiyodagi harbiy kuchlariga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblagan.

Manbaga ko‘ra, NCMI ma’ruza mualliflari «bu halokatli hodisa bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishgan». Bu haqda Oq uy va Pentagon shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi, AQSH Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi bir necha marta ogohlantirilgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu mavzudagi brifinglar yuqori martabali siyosatchilar ishtirokida dekabrda ham muntazam o‘tkazib turilgan. Yanvarda ham AQSH prezidenti Donald Tramp har kuni vaziyatning qanday rivojlanishidan xabardor bo‘lib turgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH razvedkasi Uxandagi koronavirus haqida noyabrdayoq ogohlantirishgan