22:30 / 08.04.2020
2 380

Berni Sanders AQSH prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Berni Sanders AQSH prezidenti saylovida ishtirok etmaydi
Berni Sanders / Foto: AP
Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSH prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Bu haqda 78 yoshli siyosatchi matbuot anjumanida o‘z shtabi xodimlariga e’lon qildi. Endi Sanders bu qarorini o‘z tarafdorlariga tushuntirib berishi kutilmoqda.

Sandersning prezidentlik poygasidan chiqishi Demokratlar partiyasidan yana bir nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Baydenni prezidentlik saylovida Donald Trampning asosiy raqibiga aylantiradi.

Berni Sanders sotsialist reputatsiyasiga ega siyosatchidir. U saylovoldi dasturida ishchilar sinfini himoya qilishini ko‘p bora ta’kidlagandi. Sanders yoshligida Amerika sotsialistlari partiyasiga ham a’zo bo‘lgan. O‘tgan asrning 80-yillari oxirida hatto SSSRga sayohat qilib, asal oyini o‘tkazgan. AQSH prezidenti saylovi 2020 yil noyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berni Sanders AQSH prezidenti saylovida ishtirok etmaydi