09:57 / 09.04.2020
3 253

AQSHda har daqiqada bitta odam vafot etyapti

AQSHda har daqiqada bitta odam vafot etyapti
Foto: «REUTERS»
AQSHda koronavirus qurbonlar soni o‘tgan bir kecha-kunduzda 1965 tani tashkil etdi. Bu yangi antirekord sanaladi, deyiladi Jons Xopkins universiteti ma’lumotida — mahalliy vaqt bilan soat 21:30 (6:30) da.

COVID-19 tufayli jami 14 768 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bir kun oldin 12 803 nafarni tashkil etgandi.
Koronavirusni yuqtirganlar soni 431 kishiga yetdi, 23 ming kishi tuzaldi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda qurbonlar soni 100 mingdan kam bo‘lishini umid qilayotgandi. Yaqinda 100 mingdan 200 minggacha odam vafot etishi mumkinligini aytib, aholini eng mashaqqatli haftalarga tayyor turishga chaqirdi.

AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens esa Amerikaning katta-katta shaharlarida pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotganini ma’lum qilgan.
AQSH koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bunday yuqori ko‘rsatkichlarni Tramp aholini faol testdan o‘tkazish bilan bog‘lamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda har daqiqada bitta odam vafot etyapti