11:55 / 09.04.2020
4 010

Marsda hayot borligining yangi dalillari topildi

Marsda hayot borligining yangi dalillari topildi
Yaponiyalik olimlarning yangi tadqiqotlari Marsda hayot haqiqatan ham mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu haqda Sputnik radiosi "Planeta novosti" portaliga tayangan holda xabar qildi.

Mutaxassislar Jahon okeani tubida va qattiq qoyada hayot mavjudligini o‘rganishganida bu joylarda turli xil mikroorganizmlarni topdilar. Dengiz tubining vulqon jinslar Mars sayyorasi sharoitlariga juda o‘xshash. Bu olimlarga qizil sayyorada hayot mavjudligi ehtimoli katta deb taxmin qilish imkonini berdi.

Mutaxassislarning o‘rganish natijalari "Mikroorganizmlarning aloqalari" ilmiy maqolasida keltirilgan. Yaqin kelajakda bir guruh olimlar NASA kosmik markazi bilan hamkorlik qiladilar. Ular Marsda toshlarni xuddi shunday sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

Tadqiqotchilardan biri Yohe Sudzuki Marsda hayot tez orada topilishiga ishonch bildirdi. Agar bu sodir bo‘lmasa, demak, hayot butunlay boshqa omillarga, masalan, tektonik plitalarning harakatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Marsda hayot borligining yangi dalillari topildi