19:53 / 09.04.2020
2 334

Jorj va Amal Kluni koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar ajratdi

Jorj va Amal Kluni koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar ajratdi
Foto: Cosmopolitan
58 yoshli Gollivud aktyori Jorj Kluni hamda uning 42 yoshli rafiqasi Amal butun dunyoda hukm surayotgan tahlikali vaziyatga bee’tibor bo‘lmadi. Ular virus bilan kurashish uchun shaxsiy mablag‘laridan bir million dollardan ko‘proq pul ajratdi, deb xabar berdi Cosmopolitan.

Ushbu mablag‘ oltita turli tashkilot tomonidan bo‘lib olinadi. Amal va Jorj ushbu mablag‘ Gollivuddagi artistlar, sozandalar hamda televideniye ishchilariga berilishiga, ular uchun pandemiyaning zararli ta’sirini yengillashitirishiga umid qilmoqda.

Yulduzli juftlik 200 ming dollarni kino va televideniye fondiga (MPTF), SAG-AFTRA va Los-Anjeles meri fondiga bergan.
Jorj Kluni soha ishchilarini qo‘llab-quvvatlovchi hamda COVID-19 bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni ko‘zda tutuvchi MPTF fondi a’zosi hisoblanadi.

Foto: Cosmopolitan
SAG-AFTRA fondi kam ta’minlangan artistlarga shoshilinch moliyaviy yordam va tibbiy sug‘urta taqdim etish bilan shug‘ullanadi.
Mer fondi esa koronavirusga qarshi kurashayotgan kasalxonalarga zarur tibbiy jihozlar xaridi uchun mablag‘ ajratadi.

Qolgan mablag‘lar Livan oziq-ovqat banki, Italiyaning Lombardo shahri ma’muriyati, Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan teng miqdorda bo‘lib olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorj va Amal Kluni koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar ajratdi