Foto: «Newtribuna.ru»
Tailand fuqarosi tuzalib chiqqanidan bir hafta o‘tar-o‘tmas yana koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi, deb xabar berdi «Txai Rat» gazetasi Chayyapxum provinsiyasi sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib.
Mart oyi boshlarida chet eldan qaytib kelgan 38 yoshli ayol tobi qochib, 12 mart kuni shifokorga murojaat etdi. Test natijalari koronavirus borligini tasdiqladi. Bemor Bangkokdagi shifoxonalardan birida ikki haftadan ziyod muolaja olgach, tuzalgan. Test xulosalari uch marta ham COVID-19 yo‘qligini tasdiqlagach, ayolni shifoxonadan chiqarishdi.
Martning oxirida tug‘ilib o‘sgan provinsiyasiga qaytgan ayol 4 aprel kuni shamollash alomatlari bilan yana shifokorga ko‘rindi. Biroq uch marta o‘tkazilgan test natijalari unda koronavirus borligini tasdiqladi. Ayol provinsiyadagi shifoxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizildi. Hozir u takroriy muolaja olmoqda.
«Kutilmagan holat, lekin buni Bangkok shifoxonasi xodimlarining tibbiy hujjatlari va ko‘rsatmalariga asoslangan epidemiologik tekshiruv tasdiqladi», — deydi Chayyapxum provinsiyasi sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Vatchira Botpxibun.
Koronavirus Chayyapxumni deyarli chetlab o‘tdi. Provinsiyada bor-yo‘g‘i to‘rtta holat qayd etildi, ikki karra kasallangan ayol ham shular jumlasidan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandda koronavirus infeksiyasi epidemiyasi boshlanganidan beri 2423 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ulardan 32 nafari hayotdan ko‘z yumdi, 940 kishi tuzalgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi