Foto: Shutterstock
Olimlar yangi virusli kasalliklar paydo bo‘lishini yovvoyi tabiatning insoniyat tomonidan yo‘q qilinishi bilan bog‘lashdi.
Bu haqda Royal Society Publishing nashridagi tadqiqotda aytilgan.
Maqolada aytilishicha, viruslar birinchi navbatda hayvonlarga hujum qiladi, biroq ular ko‘pincha mutatsiya qilib, inson organizmida yashashga moslasha oladi.
Olimlarning aniqlashicha, yangi xavfli viruslarning paydo bo‘lishi ov qilish, jonzotlar yashash muhitining degradatsiyasi (zavol topishi) va urbanlashtirish sababli hayvonlarning majburiy ko‘chishi oqibatida yuz berar ekan.
Olimlar epidemiya ko‘pincha sut emizuvchilar orqali tarqalishini aniqlashgan. Xususan, uy chorvasi yovvoyi tabiat vakillariga qaraganda odam bilan 8 marta ko‘proq virus bo‘lishadi. Olimlar hayvonlardan odamlarga o‘tuvchi infeksiyalarning an’anaviy tashuvchilari ko‘rshapalaklar, kemiruvchilar va maymunsimonlar ham bo‘lishini aytishgan.
Urbanlashtirish va inson faoliyati sayyoramizda jonzotlar turlarining kamayishiga olib kelgan bo‘lsa-da, ba’zi turlar juda ko‘payib ketgan. Jumladan, inson faoliyatiga yaxshi moslasha olgan ko‘rshapalaklar bunga misol bo‘la oladi.
“Biz yovvoyi jonzotlar bilan birgalikda xavfsiz yashash yo‘llarini topishimiz kerak, chunki ulardan zararlanish xavfi mavjud”, deb aytgan Kaliforniya universiteti xodimi, epidemiolog Kristina Jonson.
Mart oyida amerikalik olimlar pangolinlar koronavirusning ko‘rshapalaklardan odamlarga o‘tishida oraliq jonzotlar bo‘lganini ma’lum qilishgan. Mutaxassislar kasal pangolinlar o‘pkalarida topilgan viruslar genomlarini o‘rganishdan keyin shunday xulosaga kelishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?