21:50 / 10.04.2020
3 106

Janubiy Koreyada odamlar koronavirus bilan qayta kasallanayotganidan xavotirlanishmoqda

Janubiy Koreyada odamlar koronavirus bilan qayta kasallanayotganidan xavotirlanishmoqda
Foto: RBK
Koreya Respublikasida 91 kishi koronavirus bilan qayta kasallandi — bu haqda Koreya kasalliklarni nazorat qilish markazi direktori Chong Yun Konga asoslanib «Reuters» xabar berdi.
Janob Chongning taxminicha, bemorlar kasallikni qayta yuqtirishmagan, balki virusning «reaktivatsiyasi» (qayta faollashishi) yuz bergan bo‘lishi mumkin.

«Bu raqamlar oshishi mumkin, 91 — bu boshlanishi», — qo‘shimcha qildi Koreya universiteti qoshidagi Guro shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Kim Vu-Ju.
Ushbu tendensiya ortida nima yashiringani mutaxassislarga qorong‘u. Epidemiologik o‘rganishlar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Janubiy Koreyada COVID-19dan tuzalib ketganlar 7000 nafar atrofida. O‘n mingdan ortiq koreyalik kasallikni yuqtirgan edi, shulardan 211 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada odamlar koronavirus bilan qayta kasallanayotganidan xavotirlanishmoqda