Tojikistonda koronavirus kirib kelishi oldini olish maqsadida xorijliklarning mamlakatga kirishi va undan chiqishiga vaqtincha taqiq kiritildi. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
“Koronavirusning kirishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha favqulodda choralarni amalga oshirish maqsadida Tojikiston davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlari orqali xorijiy davlatlarning barcha fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi va chiqishiga vaqtinchalik cheklovlar kiritildi”, deyilgan xabarda.
Ushbu taqiqlov xorijiy davlatlar diplomatlari, respublikada akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar vakillari, xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi haydovchilar, samolyot ekipajlari va xalqaro temir yo‘l aloqasi brigadalariga qo‘llanmaydi.
Tojikiston tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanishicha, taqiq ostiga tushgan xorijliklarning Tojikistondan chiqishi zarurati paydo bo‘lganda hokimiyat xorijiy davlatlarning rasmiy, jumladan charter reyslar tashkillashtirish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ayni vaqtda Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari qayd qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...