23:00 / 11.04.2020
3 732

Xitoyda koronavirusni davolash qanchaga tushishi ochiqlandi

Xitoyda koronavirusni davolash qanchaga tushishi ochiqlandi
Xitoyda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bir bemorni davolashga 21,5 ming yuan (3,07 ming dollar), og‘ir bemorni davolashga esa 150 ming yuan (21,4 ming dollar) ketishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Xitoy tibbiy sug‘urta davlat boshqarmasi raisi xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda holati o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlarni davolashga 1 mln yuandan (142 ming dollar) ham ko‘proq ketishi mumkin.
11 aprel holatiga ko‘ra, Xitoyning materik qismida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 81,9 ming kishini tashkil etdi. 3,3 ming kishi vafot etdi, 77,5 ming kishi sog‘aydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda koronavirusni davolash qanchaga tushishi ochiqlandi