22:45 / 11.04.2020
3 543

Janubiy Koreya prezidenti Bill Geyts bilan koronavirus vaksinasi ishlab chiqish masalasini muhokama qildi

Janubiy Koreya prezidenti Bill Geyts bilan koronavirus vaksinasi ishlab chiqish masalasini muhokama qildi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In Microsoft asoschisi Bill Geyts bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish masalasini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmatiga asoslanib Yonhap News nashri xabar bermoqda.

Bill Geyts tashabbusi bilan amalga oshirilgan suhbat 25 daqiqa davom etgan. Microsoft asoschisi o‘z jamg‘armasidan koronavirusga qarshi kurash uchun 100 million dollar ajratdi. Bill Geytsning Janubiy Koreya prezidenti bilan suhbati ham aynan mana shu masalada bo‘lgan.

Milliarder farmatsevtika borasida katta yutuqlarga erishgan koreyalik olimlarni koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish jarayonida moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Ma’lumot uchun, uzoq vaqt dunyoning eng boy odami bo‘lib kelgan Bill Geyts ayni damda 98 milliard dollar kapital bilan ro‘yxatda Amazon asosichisi Jeff Bezosdan (113 milliard) keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

Shu vaqtgacha ko‘plab mamlakatlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish uchun harakat qildi, ammo hanuz Covid-19’ni davolaydigan yoki uning oldini oladigan vosita topilmadi. Shifokorlar asosan bemorlarning immunitetini mustahkamlab, kasallikni organizmning o‘zi yengishiga umid qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreya prezidenti Bill Geyts bilan koronavirus vaksinasi ishlab chiqish masalasini muhokama qildi