20:54 / 12.04.2020
2 584

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Downing Street’ga asoslanib Sky News xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, bosh vazir kasalxonadan chiqqaniga qaramay, hali ishga kirishmaydi. U shahar tashqarisidagi Chekers qarorgohida shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettiradi.

«Bosh vazir kasalxonadan Chekers qarorgohiga o‘tkazildi. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra u hozircha ishga kirishmaydigan bo‘ldi. Bosh vazir Sent Tomas kasalxonasidagi hammaga minnatdorchilik bildirib, virus yuqtirganlarning barchasiga salomatlik tilab qoladi», deb Downing Street bayonotidan iqtibos keltirgan Sky News.

Ma’lumot uchun, Boris Jonson o‘zida koronavirus aniqlangani haqida 27 mart kuni tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan va kasallik alomatlari o‘tib ketavermagach, 6 aprel kuni Londondagi Sent Tomas kasalxonasiga yotqizilgandi. Uch kun davomida jonlantirish bo‘limida davolangan Jonson 10 aprel kuni oddiy palataga o‘tkazilgandi.

Ayni vaqtda hukumatni tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalikka boshqarib turibdi.
Avvalroq Jonson hayoti uchun shifokorlardan qarzdor ekani haqida aytib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson kasalxonadan chiqdi