11:30 / 13.04.2020
5 760

Dunyoning qaysi mamlakatlariga koronavirus hamon kirib bormagan?

Dunyoning qaysi mamlakatlariga koronavirus hamon kirib bormagan?
Shimoliy Koreya rasmiylari mamlakat hududida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmaganini ta’kidlab kelmoqda. Bu haqda Bi-bi-si ma’lum qildi.

KXDR markaziy favqulodda epidemiologik vaziyatga qarshi kurashish shtabi direktori Pak Myon Suning aytishicha, mamlakatda shu paytgacha biror inson yangi koronavirus bilan kasallanmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur davlat kasallikka qarshi kurashish uchun aholini muntazam tekshiruvdan o‘tkazish, mamlakatga kirib kelgan barcha fuqarolar uchun karantin joriy etish, puxta dezinfeksiya, shuningdek, chegaralar, dengiz va havo yo‘llarini yopish kabi oldini olish choralarini amalga oshirdi.

Ayrim boshqa mamlakatlar esa ushbu bayonotga ishonmasligini bildirgan. Masalan, Janubiy Koreya qo‘shni davlatda koronavirusning yo‘qligi haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

“KXDRda yuqtirish bilan bog‘liq ayrim holatlar ro‘y bergan, biroq ommaviy kasallanish haqiqatan ham yo‘q”, — deya ta’kidlashmoqda Janubiy koreyalik mutaxassislar.

Amerikalik shifokorlar ham Shimoliy Koreyada virusning yo‘qligi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini qayd etishgan. Ular o‘z fikrlarini KXDR Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaradosh ekanligi, transchegaraviy savdo hajmi va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi bilan izohlashgan. O‘z navbatida amerikaliklar ham Shimoliy Koreyada koronavirus bilan ommaviy kasallanish holati mavjud emasligini qo‘shimcha qilishgan.

Xorij matbuoti xabarlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Osiyodagi boshqa davlatlarga nisbatan virus tarqalishiga qarshi choralarni tezroq qabul qildi. Yanvar oxirida KXDR chegaralarini yopdi va yuzlab xorijliklarni poytaxt Pxenyan shahrida izolyatsiyaga oldi. Shu paytda Xitoyda kasallanish miqdori geometrik progressiya asosida ko‘payib borayotgandi.

Yakunda KXDRda 10 ming fuqaro izolyatsiyada qoldi, qariyb 500 kishi hamon karantinda.

Bugungi kunda jahon bo‘yicha koronavirus rasman tasdiqlanmagan boshqa davlatlar hamon bor. Yaman, Turkmaniston, Tojikiston, Janubiy Sudan, Vanuatu, Mikroneziya, Nauru, Samoa kabi o‘nga yaqin mamlakatlar shular jumlasidandir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning qaysi mamlakatlariga koronavirus hamon kirib bormagan?