21:53 / 13.04.2020
3 340

Lukashenko: «Belarusda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi»

Lukashenko: «Belarusda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi»
Foto: «RIA Novosti»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda hech kim COVID-19 koronavirus infeksiyasidan o‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda RTga tayanib "Xabar" nashri.

«Mamlakatimizda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi. Men buni ochiqchasiga aytyapman. Bu faqat o‘tgan yillar tajribasidan kelib chiqargan xulosam emas... Odamlarni qutqarish uchun dorilar jamlamasini topdik. Shuning uchun har bir inson uchun nafaqat kurashamiz, balki jang qilamiz. Agar o‘sha inson taqdiriga qo‘l siltab qo‘ymagan bo‘lsa, u albatta tuzaladi», — Belarus prezidentining matbuot xizmati Lukashenkodan ana shu iqtibosni keltirdi.

Lukashenko, qolaversa, mamlakatda bironta odam koronavirusdan o‘lmaganini ham aytdi.
«Ular har xir surunkali xastaliklardan o‘lishdi... Yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka-nafas yetishmovchiligi. Hammasi birga. Qandli diabet ham bor. Yana men nomini o‘qiy olmaydigan tashxislar ham bor. Bular qatoriga koronavirus qo‘shilyapti», — ta’kidlagan Lukashenko.

Belarus rahbarining fikricha, kasalxonalardagi ayrim bemorlar hayot uchun kurashmayapti...
«Worldometers» ma’lumotiga ko‘ra, Belarusda koronavirus kasalligi oqibatida vafot etganlar soni 29 nafarga yetdi. Jami kasallanganlar soni — 2919 nafar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko: «Belarusda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi»