20:02 / 14.04.2020
1 967

Turkiyada koronavirus tufayli 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi

Turkiyada koronavirus tufayli 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi
Foto: Pixabay
Turkiya parlamenti koronavirus pandemiyasi tufayli 90 mingga yaqin mahbusni vaqtincha ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat parlamentining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu tashabbus Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi kabi hukmron partiyalari tomonidan ilgari surilgan. Ular kiritgan qonunchilik hujjatiga ko‘ra, og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun sudlanib, jazo koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotganlar qamoqdan vaqtinchalik ozod etiladi.

Qarorga ko‘ra, mahkumlar 31 maygacha ozod etiladi, so‘ng jazo muddatini o‘tashni davom ettiradi. Bu vaqtga qadar pandemiya chekinmasa, ozodlikda yurish muddati uzaytirilishi mumkin. Og‘ir jinoyatlar, terrorchilik harakatlari, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikda aybdor deb topilgan shaxslar vaqtincha ozod qilinishga da’vogarlik qila olmaydi.

Avvalroq koronavirus tufayli AQSHda minglab mahbuslar ozod qilinishi, Braziliyadagi qamoqxonadan 400 ga yaqin mahbus qochib ketgani xabar berilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada ayni paytda koronavirusga chalinganlar soni 61 ming kishidan oshgan, 1 296 kishi vafot etgan. Mamlakatning 30 ta shahrida 11 apreldan boshlab komendantlik soati joriy etilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada koronavirus tufayli 90 mingga yaqin mahbus vaqtinchalik ozod etiladi