09:50 / 15.04.2020
2 827

COVID-19 ning qandli diabet bilan kasallanganlar uchun qay darajada xavfli ekani tushuntirildi

COVID-19 ning qandli diabet bilan kasallanganlar uchun qay darajada xavfli ekani tushuntirildi
Foto: Medical Xpress
AQSHning diabet bo‘yicha assotsiatsiyasi ekspertlari qandli diabetga chalingan bemorlar uchun COVID-19 ning qay darajada xavfli ekanini tushuntirib berdi. Shifokorlarning bu boradagi ma’lumotlarini Medical Xpress nashri e’lon qilgan.

Diabet bilan kasallanganlar koronavirus yuqtirib olishining ehtimoli boshqalarga nisbatan yuqori emas, ammo SARS-CoV-2 ni yuqtirib olish yana qo‘shimcha kasalliklarga chalinish va kasallikning og‘irlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. AQSHdagi diabet bo‘yicha assotsiatsiyaning prezidenti Robert Ekel Amerika kasalliklar nazorati va profilaktikasi Markazi (CDC) ma’lumotlari asosida shunday xulosaga kelgan. Ushbu tashkilot axboroti bo‘yicha mamlakatda koronavirusni yuqtirib olganlarning 10 foizigina qandli diabet bemorlari hisoblanadi.

Ekel diabeti borlar orasida o‘lim sonining ko‘pligiga koronavirus tarqalishida yurak xastaliklari bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashganini sabab qilib ko‘rsatdi. Mutaxassisning aytishicha, ushbu muammo bo‘yicha hali aniq bir to‘xtamga kelishning iloji yo‘q, chunki bu borada kerakli ma’lumotlar yetishmaydi. Tibbiyot xodimlari qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga karantin qoidalariga va ijtimoiy masofa saqlashga amal qilish, qo‘lni tez-tez yuvish va iloji boricha yuzga ko‘p teginmaslikni tavsiya qilgan. Shuningdek, CDC vakillari burun va og‘iz bo‘shlig‘ini tibbiy niqob bilan himoyalashni ham maslahat bergan, biroq bu tavsiya AQSHning barcha fuqarolariga tegishli emas.

Robert Ekel COVID-19 ni yuqtirib olgan qandli diabeti bor bemor kasalxonaga tushsa, o‘zi bilan qand kasalligi vaqtida ichadigan barcha preparatlarini ham olishi lozimligini ta’kidladi. U buning sababini ayrim klinikalarda dorilar tanqisligi kuzatilishi, shifokorlar ham bemorga barcha dorilarni, ayniqsa, insulinni birga olishni tavsiya etganini aytib o‘tdi.

14 aprel holati boyicha o‘tgan bir sutka davomida Moskva shahrining o‘zida 13 nafar bemor koronavirusdan vafot etgan. Rossiya poytaxtidagi infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab o‘lganlarning ko‘pchiligida boshqa kasalliklar ham bo‘lgani, jumladan, besh nafar bemorda qandli diabet xastaligi borligini qayd etgan. Rossiyada COVID-19 oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 170 nafarga yetgan, Moskvaning o‘zida 95 nafar bemor koronavirusdan vafot qilgan. AQSHda qariyb 582 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, jami qurbonlar soni 23 621 kishini tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 ning qandli diabet bilan kasallanganlar uchun qay darajada xavfli ekani tushuntirildi