Foto: BBC
15 aprel holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni ikki million nafardan oshdi. Bu haqda koronavirus bo‘yicha statistikani taqdim qilib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumot bergan.
Jahonda jami 128 ming kishi koronavirusdan vafot etgan. 500 ming nafar odam kasallikdan tuzalgan.
COVID-19 bilan kasallanish soni bo‘yicha AQSH (610 ming kishi) yetakchilik qilmoqda, keyingi o‘rinlarda Ispaniya (178 ming kishi), Italiya (162 ming kishi), Germaniya (132 ming kishi), Fransiya (131 ming kishi), Buyuk Britaniya (95 ming kishi) va Xitoy (83 ming kishi) bormoqda.
O‘lganlar soni bo‘yicha ham AQSH 1-o‘rinni egallagan (26 ming kishi), keyingi pog‘onalardan Italiya (21 ming kishi), Ispaniya (18 ming kishi), Fransiya (15 ming kishi) va Buyuk Britaniya (12 ming kishi) joy olgan.
Rossiyada 15 aprel tongida berilgan axborotga ko‘ra, 24 490 nafar odamda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, 198 nafar kishi vafot etgan, 1986 nafar bemor kasallikdan tuzalgan.
O‘zbekistonda esa 15 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 27 nafarga oshib, 1302 kishiga yetgan, COVID-19 dan tuzalganlar soni soat 18:00 holati bo‘yicha 107 kishini tashkil qilmoqda. O‘tgan vaqt davomida koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etgan. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»