16:53 / 16.04.2020
3 002

Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi

Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi
Foto: EADaily
Qozog‘istonda koronavirusga test topshiradiganlar ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Lazzat Oqtoyevaga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

«19 ta laboratoriyada testlar o‘tkazilmoqda, ularning quvvati sutkasiga 6 mingni tashkil etadi. Hozirga qadar 70 mingdan ortiq test o‘tkazilgan bo‘lib, koronavirus infeksiyasi aniqlangan bir bemor hisobiga 80 ta test to‘g‘ri kelmoqda. Epidemiya eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini hisobga olib, ommaviy testdan o‘tkazishni boshlash zarur. Buning uchun uchta ko‘chma, to‘rtta statsionar laboratoriya tayyorlangan. Nur-Sulton va Olmaotada ‘Olimp’ laboratoriyalarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Test o‘tkazish ko‘lamini kengaytirish va yashirin o‘choqlarni aniqlash uchun olinadigan testlar sonini kuniga 10 mingga yetkazish kerak. Bular o‘tkir respirator infeksiyalari, tibbiyot xodimlari, yopiq kollektivlar kontingenti, muassasalar va hayotni ta’minlash ob’ektlari, ya’ni ijtimoiy muassasalar, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat do‘konlari va transportlardir», — deydi Lazzat Oqtoyeva.

Shuningdek, u mamlakatda ekspress-test jarayonlari ham faol boshlanganini ta’kidlab o‘tgan.

«Bugungi kunga kelib 8722 ta ekspress-test o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 899 tasi — avtomobillarni o‘tkazish punktida, 6809 tasi — tibbiyot muassasalarida va 1025 tasi — Nur-Sulton hamda Olmaota laboratoriyalari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ekspress-testlarni o‘tkazish jarayonida 145 nafar insonda ijobiy natijalar olingan», — deydi vazir o‘rinbosari.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1331 kishiga yetdi, 240 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. 15 aprel kuni mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan yana bir bemor vafot etib, qurbonlar soni 16 kishiga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanadi