23:36 / 16.04.2020
5 754

Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi

Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi
Foto: Getty Images
Italiyalik va ispaniyalik shifokorlarning fikricha, oyoqlarda toshmalar bo‘lishi koronavirus infeksiyasining yana bir alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Metro'ga tayanib Daryo nashri.

Qayd etilishicha, COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan har 5 bemorning birida teri muammolari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘smirlar va bolalarda bunday belgilar ko‘proq uchragan.

Ispaniya pediatrlari assotsiatsiyasida ta’kidlanishicha, koronavirusdagi toshmalar suvchechak yoki qizamiq bilan kechadigan toshmalarga o‘xshaydi. Qizarishlar oyoq barmoqlarida paydo bo‘ladi, keyinchalik ketib, izlari qolmaydi.

Shifokorlar odamlarni bunday toshmalarga jiddiy qarashga va ular paydo bo‘lsa, o‘zlarini izolyatsiya qilishga chaqirgan. Shu bilan birga, birgina shu belgining o‘zidayoq tibbiyot markazlariga bormaslikni, lekin ular paydo bo‘lganda salomatlik holatini diqqat bilan kuzatib borishni maslahat bergan.

Avvalroq Fransiyalik shifokorlar ham koronavirusning shu kabi yangi belgilarini ma’lum qilgan hamda bunday belgilar kuzatilganda fuqarolarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirgandi. JSST vakili esa koronavirusning eng yaqqol belgisini aytgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi