06:25 / 17.04.2020
8 223

Avstraliyada 46 metrlik dengizosti yirtqichi aniqlandi. U dunyodagi eng uzun jonivor bo‘lishi mumkin

Avstraliyada 46 metrlik dengizosti yirtqichi aniqlandi. U dunyodagi eng uzun jonivor bo‘lishi mumkin
Foto: Schmidt Ocean Institute
Shmidt okeanologiya instituti tadqiqotchilari Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi chuqur kanonlardan birida 46 metrlik sifonoforni aniqladi.

Taxmin qilinishicha, bu shu paytgacha qayd etilgan eng uzun hayvon bo‘lishi mumkin.
Sifonoforlar — zaharli chuqur suvosti yirtqichlari bo‘lib, ular ko‘p sonli koloniyalar hosil qiladi.

Olimlar tomonidan qayd etilgan sifonoforlarning uzunligi aksariyat ko‘k kitlarning uzunligidan qariyb ikki baravar uzun.
Tadqiqotchilarning taxmin qilishicha, jonivorning yoshi bir necha o‘n yillik yoki yuz yillikka borib taqalishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada 46 metrlik dengizosti yirtqichi aniqlandi. U dunyodagi eng uzun jonivor bo‘lishi mumkin