07:07 / 17.04.2020
5 322

Koronavirus yuqtirgan jurnalist kasallikning “g‘alati belgilari” haqida gapirdi

Koronavirus yuqtirgan jurnalist kasallikning “g‘alati belgilari” haqida gapirdi
Italiya shifoxonasida COVID-19 bilan davolangan rossiyalik jurnalist Georgiy Kudinov kasallikning “g‘alati tomonlari” haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, o‘n kun davomida u yuqori isitma bilan og‘rigan.
Koronavirus testi ijobiy natijani ko‘rsatganda Kudinov darhol Milandagi kasalxonaning yuqumli kasalliklar bo‘limiga o‘tkazilgan va u yerda 12 kun davomida muolaja olgan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, transfer paytida o‘zini ancha yaxshi his qilgan. Italiyalik shifokorlar bu COVID-19ʼ ning xususiyatlaridan biri ekanligini ma’lum qilishdi.

Shifokorlarning ta’kidllashicha, bu kasallik davomida bemorning ahvoli keskin yaxshilanishi yoki undan ham yomonlashishi mumkin.
Jurnalist unga OIVga qarshi samarali bo‘lgan bir qator dorilar — darunavir va ritonavir buyurilganligini aytgan. Shuningdek bezgakka qarshi kurashish uchun ishlatiladigan plakenil va yana bir qancha dorilardan iste’mol qilgan.

14 kunlik davolanish davomida Kudinov uch marta rentgen tekshiruvidan va besh marta qon tekshiruvi o‘tkazilgan. Yakuniy qon testi salbiy tendensiyani ko‘rsatgan, shundan so‘ng u kasalxonadan chiqarilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus infeksiyasi 162,5 ming kishida aniqlandi, 21 mingdan ortiq bemor vafot etdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari koronavirusga qarshi vaksina bir yildan keyin yaratilishini ta’kidlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus yuqtirgan jurnalist kasallikning “g‘alati belgilari” haqida gapirdi