Devid Melpas. Foto: AP Photo/Christophe Ena
Jahon banki prezidenti Devid Melpas xalqaro hamjamiyatni yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bahonasi bilan savdoda proteksionizmga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi, deb yozmoqda TASSga tayanib Kun.uz nashri.
Juma kuni JB va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yozgi sessiyasi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida chiqish qilar ekan, Melpas mamlakatlar va hududlar joriy pandemiya sababli proteksionistlik choralarini qo‘llamasliklaridan umid qilayotganini aytib o‘tdi.
«Umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi», — degan JB rahbari undan yangi koronavirus tarqalishining avj olishi tufayli sodir bo‘lgan jahon iqtisodiy inqirozi proteksionizm oshishiga olib keladimi, degan savolga javoban.
«Mamlakatlar ushbu inqirozdan bozorlarning yopilishi yoki taqiqlanishi uchun sabab sifatida foydalanmasliklari borasida chiqish qilishlari kerak», — degan Melpas.
«Jahon birgalikda ishlashi kerak, ma’lum bir mahsulot zaxirasi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar boshqalar bilan bo‘lishishi, barter tizimiga yoki ayriboshlashga o‘tmasligi lozim. Biz zaxiradagi mahsulotlar aynan unga ko‘proq ehtiyoj sezayotganlarga yetib borishi uchun, bozorlarga faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini berishimiz kerak», — degan JB rahbari.
Bu borada u Xitoyning qadamlarini olqishlagan. «Bilaman, Xitoy o‘zining ortiqcha mahsulotlarini jahon hamjamiyatining qolgan qismiga bermoqda. Bu olqishga sazovor», — degan Melpas.
11 martda JSST tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishi pandemiya o‘laroq tan olingach, ko‘plab mamlakatlar sanitariya-epidemiologiya xarakteridagi cheklovlarni o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Oqibatda pandemiya chuqur xalqaro iqtisodiy inqirozni keltirib chiqardi. XVJning prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyotini 3 foizlik pasayish kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi