12:17 / 18.04.2020
2 970

Xitoyning Rossiyadagi elchisi koronavirus manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi

Xitoyning Rossiyadagi elchisi koronavirus manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi
Foto: «Interfaks»
Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey koronavirusning manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar beradi.

«COVID-19 birinchi marta Uxanda paydo bo‘lgan bo‘lsa ham, uning manbai Uxanda ekanligi aniq emas», — degan xitoylik diplomat. Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi kishilar yomon fikr bilan virusni Xitoy koronavirusi, Uxan koronavirusi deb atamoqda.

Elchining qayd etishicha, virus manbaini aniqlash ilmiy va ijtimoiy masala hisoblanadi. Diplomat Uxan virus olib borilgan joylardan biri bo‘lgani haqidagi qarashlar borasida gapirgan. Elchi misol sifatida fevral oyida Yaponiyada yuz bergan vaziyatni keltirgan, o‘shanda oilaviy juftlik Gavayida koronavirusni yuqtirgani taxmin qilingan. Bundan tashqari, elchi mart oyida Vetnamda bo‘lgan va koronavirus iskanjasida qolgan AQSHning Theodore Roosevelt aviatashuvchi kemasini eslab o‘tgan.

So‘nggi bir sutkada Xitoyda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 26 ta yangi holat qayd etilgan, bu bir kun oldingiga qaraganda 46 ta kam hisoblanadi. Xitoyda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 82300 kishidan oshgan, biroq kasallikning jiddiy alomatlarsiz o‘tganlari hisobga qo‘shilmayapti.

Shuningdek, Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi. Vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi va 3869 kishiga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning Rossiyadagi elchisi koronavirus manbai Xitoyda ekanligiga shubha qildi