12:25 / 19.04.2020
3 513

Koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini qanday kechadi?

Koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini qanday kechadi?
SARS-CoV-2 ga qarshi vaksina paydo bo‘lmasa, koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini kelib chiqishi mumkin, faqat u birinchisiga qaraganda kuchsizroq bo‘ladi. Bu haqda RFA akademigi Sergey Nedospasov «Parlament gazetasi»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiyaning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini oldindan aytishning iloji yo‘q. Chunki bu sog‘liqni saqlash tizimi, koronavirusning o‘ziga xos xususiyati va populyatsiyasiga bog‘liq.

Agar Yer yuzining aksar aholisida immunitet shakllansa, virus mag‘lub bo‘ladi. «Mazkur «kollektiv effekt» natijasida hatto immuniteti yo‘q odam ham himoyalanadi — virusga duch kelish ehtimoli haddan tashqari kamayadi», — deya izohlaydi mutaxassis.

Nedospasovning fikricha, klassik virusli infeksiyada antitanacha taxminan bir-ikki haftadan so‘ng hosil bo‘ladi, biroq ularning organizmdagi yashash muddati ko‘pgina omillarga bog‘liq. Vaksinatsiyada antitanacha o‘n yil yoki hatto butun umrga shakllanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini qanday kechadi?