13:55 / 19.04.2020
2 395

Rossiyada 100 yoshdan oshganlar nechta?

Rossiyada 100 yoshdan oshganlar nechta?
Foto: «Inserprud.ru»
Rossiyada 100 yoshdan oshgan 22,6 ming kishi yashaydi. Bu haqda RT ma’lum qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2019 yildan beri 10 foizga oshgan — o‘shanda mamlakatda bir asrni ko‘rgan 20,5 mingta fuqaro hisobga olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda Rossiyada 100 yoshdan oshgan 7,6 mingta fuqaro qayd etilgan.

100 yoshdan oshgan aksariyat rossiyaliklar Moskva shahri (7,7 ming kishi), Sankt-Peterburg shahri (3,5 ming kishi), Astraxan (752 kishi) va Moskva (689 kishi) viloyatlarida hamda Krasnodar o‘lkasida (413 kishi) yashaydi.

Uzoq umr ko‘ruvchilar eng kam Magadan viloyati (6 kishi), Nenes avtonom okrugi (8 kishi), Oltoy respublikasi (9 kishi), Murmansk viloyati (11 kishi) va Tiva respublikasida (13 kishi) ro‘yxatga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 100 yoshdan oshganlar nechta?