14:47 / 19.04.2020
2 856

Muhammad Saloh Misrdagi muhtoj oilalarga minglab tonna oziq-ovqat tarqatdi

Muhammad Saloh Misrdagi muhtoj oilalarga minglab tonna oziq-ovqat tarqatdi
Foto: The Sun
«Liverpul» klubi va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusga qarshi kurashga hissa qo‘shdi.
Egypt Independent nashrining xabar qilishicha, Saloh o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘idagi muhtoj oilalarga minglab tonna oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari tarqatgan.

Shuningdek, odamlarga tibbiyot niqoblari berilgan va qishloq dezinfeksiya qilingan. 27 yoshli futbolchining o‘zi esa aholini jamoat bo‘lib to‘planmaslikka va sanitariya qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.

19 aprel holatiga Misrda koronavirus bilan bog‘liq 3032 ta holat qayd etildi. 224 kishi vafot etgan bo‘lsa, 701 nafar odam virusni yengib o‘tgan.
Joriy mavsum Saloh «Liverpul» safida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 20 gol va 9 ta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muhammad Saloh Misrdagi muhtoj oilalarga minglab tonna oziq-ovqat tarqatdi