15:00 / 19.04.2020
3 633

Moskvada ota-bolani kaltaklab, ularni o‘marib ketgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

Moskvada ota-bolani kaltaklab, ularni o‘marib ketgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)
Kadr: Telegram
Moskvada ko‘chada o‘tib ketayotgan ota-bolaga hujum qilib, ularni do‘pposlagan besh nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Telegram’dagi Baza kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya poytaxtida ishsiz qolgan besh nafar O‘zbekiston fuqarosi ko‘chada ota va bolaga hujum qilib, ularni do‘pposlagan va 2 ming rubl pulni o‘g‘irlab ketgan.

Ta’kidlanishicha, hujum aprel oylarining boshlarida Petrovsko-Razumvoskoe ko‘chasida joylashgan turar joy binolaridan birining qarshisida sodir bo‘lgan. Videoga ko‘ra, bir necha erkakdan iborat guruh yo‘lda o‘tib ketayotgan ikki kishiga tashlanib qolgan. Ikkisini ham qattiq kaltaklab, ularning yonidan pullarni olib qochishgan.

Jabrlanuvchilar shifoxonaga va politsiyaga murojaat qilgan. Oradan to‘rt kun o‘tgach — 9 aprel kuni jinoyatchilar qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘zbekistonlik muhojirlar bo‘lib, ishsiz qolgani sabab shunday yo‘l orqali pul topishga o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada ota-bolani kaltaklab, ularni o‘marib ketgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)