16:46 / 19.04.2020
2 735

Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6060 ta holat aniqlandi

Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6060 ta holat aniqlandi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyada bir sutka davomida 6060 kishida koronavirus aniqlandi va jami kasallanganlar soni 42853 nafarni tashkil etmoqda.
Koronavirus tarqalishiga qarshi tezkor shtab ma’lumotida kasallikdan shifo topganlar 3291, vafot etganlar 361 nafarga yetgani aytiladi.

Rossiyaning jami 85 hududida koronavirus qayd etilgan, umumiy ko‘rsatkich 42853 nafarga yetdi (o‘sish +16,5 foiz).
Mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish eng og‘ir pallasiga chiqdi, oxirgi sutkada 48 nafar bemor vafot etgan.

Yangi qayd etilgan kasallarning 3570 nafari Moskvaga to‘g‘ri keladi, Rossiya poytaxtida kasallanganlar jami soni 24324 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada bir sutkada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6060 ta holat aniqlandi