11:17 / 20.04.2020
1 734

Nyu-Yorkda fuqarolarning onlayn to‘y qilishiga ruxsat berildi

Nyu-Yorkda fuqarolarning onlayn to‘y qilishiga ruxsat berildi
AQSHning Nyu-York shtatida nikoh marosimlarini onlayn o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo Twitter’da ma’lum qilgan.

Ushbu qarorning chiqarilishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Nikoh qayd etilgani haqidagi guvohnomani endi internet orqali ham olish, ro‘yxatdan esa videokonferensaloqa formatida o‘tish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytga qadar AQSHda 742 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan, 40 mingdan ortiq odam esa kasallik oqibatida vafot etgan. 66 ming nafar bemor kasallikdan tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda fuqarolarning onlayn to‘y qilishiga ruxsat berildi