11:46 / 20.04.2020
2 320

Jahon bo‘yicha 2,4 mln. kishi koronavirus bilan kasallandi

Jahon bo‘yicha 2,4 mln. kishi koronavirus bilan kasallandi
Foto: «Foreign Police»
«Interfaks» yozishicha, yakshanba, 19 aprel sanasida koronavirus qurbonlari soni qariyb 5 ming nafarni tashkil etib, jami 165 ming nafardan oshdi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, kecha jahon bo‘yicha koronavirusning yangi turini yuqtirganlar soni 2 million 400 mingdan oshgan, 624 ming kishi shifo topgan.

100 mingdan ortiq kasallanishlar AQSH (759 086), Ispaniya (198 674), Italiya (178 972), Fransiya (154 097), Germaniya (145 184) va Buyuk Britaniya (121 172)da kuzatildi.

20 mingdan ziyod virusni yuqtirish holatlari Turkiya (86 306), Xitoy (82 735), Eron (82 211), Rossiya (42 853), Braziliya (38 654), Belgiya (39 496), Kanada (35 633), Niderlandiya (32 838), Shveysariya (27 740) va Portugaliya (20 206)da qayd etilgan.
COVID-19 dunyoning qariyb 200 mamlakati va hududlariga kirib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahon bo‘yicha 2,4 mln. kishi koronavirus bilan kasallandi