13:13 / 20.04.2020
2 859

«Politsiya» kiyimidagi shaxs 16 insonning umriga zomin bo‘ldi

«Politsiya» kiyimidagi shaxs 16 insonning umriga zomin bo‘ldi
Foto: «Arabic.rt.com»
Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasida kamida 16 kishi otishma qurboniga aylandi, deya xabar berdi «CBC News».
Avval politsiya provinsiyaning turli hududlarida 13 kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi. Qonun posbonlari qurbonlar soni ko‘payishidan ogohlantirishgandi. Halok bo‘lganlar orasida Qirollik otliq politsiyasi xodimasi ham bor, yana bir politsiyachi yengil jarohatlangan.

Komissar Brend Lakining so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar 16 kishi, jumladan, «mergan» jinoyatchining halok bo‘lganini aniqlashdi. Hodisa terrorizmga aloqasi yo‘q deb hisoblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 51 yoshli Gabriel Uortman shanba kuni kechasi Portapik shahri va boshqa bir qancha aholi punktlarida odamlarga qarata o‘q uza boshlagan. Politsiya jinoyatchini 12 soatcha ta’qib qilishgan, operatsiya yakshanba kuni ertalab Galifaks yaqinida nihoyasiga yetgan. Uortman politsiyanikiga o‘xshash formani kiyib olgan, biroq huquq tartibot organlari xodimi bo‘lmagan. Jinoyat sababi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Politsiya» kiyimidagi shaxs 16 insonning umriga zomin bo‘ldi