18:03 / 20.04.2020
2 106

Saakashvili o‘ziga qo‘zg‘atilgan ishlarni ortga surilishi evaziga Gruziyaga 5,5 mlrd dollar olib kelmoqchi

Saakashvili o‘ziga qo‘zg‘atilgan ishlarni ortga surilishi evaziga Gruziyaga 5,5 mlrd dollar olib kelmoqchi
Foto: AP Photo / Czarek Sokolowski
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili "Mtavari arxi" telekanali efiri orqali Tbilisiga kelishuv taklif qildi.
Agarda Gruziya hukumati unga vaqtincha davlat rahbarining vakili rasmiy maqomini bersa va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlarni ko‘rib chiqishni kuz fasliga qoldirsa, u koronavirus sababli iqtisodiyotga yetgan zararni bartaraf qilish uchun Gruziyaga xorijlik hamkorlardan 5,5 milliard dollar pul olib keladi.

Saakashvili yordam olish uchun Yevropadagi barcha poytaxtlarga murojaat qilishga tayyorligini, xalqaro moliya tashkilotlaridagi ko‘pchilikni va xalqaro siyosiy yetakchilarning deyarli barchasini tanishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya oqibatidagi iqtisodiy inqiroz Gruziyani qashshoqlik va ochlikka olib kelishi mumkin, mamlakat iqtisodiyotini esa faqat xorijning qo‘llab-quvvatlashi qutqarib qoladi.

Saakashvili Gruziyani 2013 yilda tark etgandi. U o‘z mamlakatida qator jinoyat ishlari bo‘yicha qidiruvda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyada 400ga yaqin kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 4 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili o‘ziga qo‘zg‘atilgan ishlarni ortga surilishi evaziga Gruziyaga 5,5 mlrd dollar olib kelmoqchi