06:50 / 22.04.2020
2 817

Britaniyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinab ko‘rilishi e’lon qilindi

Britaniyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinab ko‘rilishi e’lon qilindi
Foto: REUTERS/Dado Ruvic
Oksfordlik mutaxassislarga klinik tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 20 million funt ajratildi.
Oksfordda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina 23 apreldan odamlarda sinab ko‘rilishi boshlanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma’lum qildi.

"Oksfordlik mutaxassislarga klinik tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 20 million funt ajratayotganimizni e’lon qilishdan xursandman. Va vaksina payshanba kunidan odamlarda sinalishini xabar qilishdan ham xursandman", - dedi Xenkok.

Ma’lumot berilishicha, Londondagi Imperial College tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik tadqiqotlari uchun ham 22,5 million funt sterling ajratiladi.
Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 129 mingdan oshgan, 17 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinab ko‘rilishi e’lon qilindi