00:15 / 23.04.2020
2 950

JSST rahbari: «Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi»

JSST rahbari: «Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi»
Tedros Adxanom Gebreyesus dunyo aholisining katta qismi virus oldida ojiz ekanligini, epidemiyaning yangi to‘lqini xavfi mavjudligini ta’kidladi.

Davlatlar hushyorlikni saqlashi shart, chunki Yer aholisining katta qismi virus oldida ojiz va COVID-19 uzoq vaqt qoladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

«Biz turli hududlarda turlicha holatlarni ko‘ryapmiz. G‘arbiy Yevropadagi aksariyat holatlar barqarorlashdi yoki pasayish kuzatilmoqda. Raqamlar kichik bo‘lsa-da, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Sharqiy Yevropadagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda. Ko‘p mamlakatlar haligacha epidemiyaning boshlang‘ich bosqichida turibdi va virusga to‘qnash kelgan ayrim mamlakatlarda esa qaytalanish kuzatilyapti. Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi», - dedi u.

JSST rahbari dunyo aholisining katta qismi virus oldida ojiz ekanligini, epidemiyaning yangi to‘lqini xavfi mavjudligini ta’kidladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2,6 milliondan oshgan, 181 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST rahbari: «Xatoga yo‘l qo‘ymang, oldinda uzun yo‘l turibdi. Bu virus uzoq vaqt biz bilan birga bo‘ladi»