11:39 / 23.04.2020
2 979

Turkiyada butun bir orol sotuvga qo‘yildi

Turkiyada butun bir orol sotuvga qo‘yildi
Foto: «Bing.com»
Turkiyada Egey dengizida joylashgan Kuchuk-Orak oroli sotuvga qo‘yildi, deya xabar berdi «Hurriyet Daily News».
Maydoni 22,6 gektardan iborat orol Bodrum kurort shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Mugla provinsiyasida joylashgan.

Bu joy koronavirus pandemiyasiga qadar sayyohlar orasida juda mashhur bo‘lgan. U yerga har kuni sayr qiluvchi qayiqlar kelib turishgan.
Orolning hududida maydoni 500 kvadrat metr keladigan hashamatli villa hamda 150 kvadrat metrdan iborat yana bitta bino bor, deb yozadi «Sozku» portali. Shuningdek, orolda 350 ta daraxtdan iborat zaytunzor bor.

Bu qo‘riqlanuvchi tabiiy hudud bo‘lib, u yerda yangi imoratlar solish taqiqlanadi.
Egalari orolni 125 million turk lirasiga sotishni mo‘ljallamoqda (taxminan 18 million dollar).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada butun bir orol sotuvga qo‘yildi