08:26 / 24.04.2020
7 042

Koronavirus epidemiyasini to‘xtatishning yagona yo‘li ma’lum bo‘ldi

Koronavirus epidemiyasini to‘xtatishning yagona yo‘li ma’lum bo‘ldi
Angliya va avstraliyalik bir guruh olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, koronavirus epidemiyasini to‘xtatib qolishning yagona yo‘li vaksina qilish ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shu bo‘yicha olib borilgan izlanishlar haqida Science Alert portalid xabar berdi.

Mutaxassislar aytishicha, virusdan forig‘ bo‘lgan bemorda uni qayta yuqtirmaslik uchun mustahkam immunitet to‘liq shakllanmaydi.
Organizm uchun virusga qarshi yetarli antitanachalarni ishlab chiqarishi uchun qariyb uch hafta vaqt zarur, shundan so‘ng ham ular odamni bir necha oy davomida infeksiyadan himoya qila oladi xolos, — deydi immunologiya professori Erik Vive.

Buyuk Britaniyadagi genetika instituti direktori Fransua Balluning mazkur virusni yana yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlarning uchrashi u bemor organizmidan hech qachon yo‘q bo‘lib ketmasligi, xuddi gerpes kabi harakatsiz hamda belgisiz surunkali infeksiya sifatida saqlanib qolishidan dalolat beradi.

Avstraliyaning Pert shahri universiteti professori Archi Klementsning qat’iy ishonch bilan ta’kidlashiga qaraganda, bunday paytda masalaning yagona yechimi — bu vaksina qilish hisoblanadi.

Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlar soni 2,5 mln.dan oshib ketdi, 185 mingdan ziyod inson vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus epidemiyasini to‘xtatishning yagona yo‘li ma’lum bo‘ldi