14:00 / 24.04.2020
3 397

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda karantin qachon tugashi bo‘yicha o‘z fikrini aytdi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda karantin qachon tugashi bo‘yicha o‘z fikrini aytdi
Foto: «Nur.kz»
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda joriy qilingan karantin tugashining ehtimoliy muddati haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda «Nur.kz» xabar berdi.

«Har qanday holatda ham joriy oyning oxirigacha karantinni ushlab turamiz, keyin esa o‘ylab ko‘ramiz», — deya ma’lum qilgan Qozog‘iston prezidenti Nur-Sultondagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tashrifi chog‘ida.

Uning qayd etishicha, Qozog‘iston Sobiq Ittifoq hududida koronavirusga qarshi zarur choralar ko‘rgan dastlabki davlatlardan biri bo‘lgan. Shuningdek, davlat rahbari koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat cheklov choralarini bosqichma-bosqich yengillashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 2191 kishi koronavirusga chalingan, 20 kishi kasallikdan vafot etgan, 515 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti mamlakatda karantin qachon tugashi bo‘yicha o‘z fikrini aytdi