19:56 / 24.04.2020
2 582

Lukashenko Yevropadagi karantin choralarini tanqid qildi

Lukashenko Yevropadagi karantin choralarini tanqid qildi
Foto: kremlin.ru
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbiy Yevropaning koronavirusga qarshi kurashdagi tajribasini tanqid ostiga oldi. Lukashenkoning chiqishini STV telekanali o‘zining YouTube-kanaliga joyladi.

Lukashenkoning fikricha, karantin immunitetni susaytiradi va ruhiy sog‘lomlikni zaiflashtiradi, buning natijasida odam koronavirusga oson chalinuvchan bo‘lib qoladi.
«Ikkinchi to‘lqin yuz berganidan zaiflashgan, xonadonlaridan ko‘chaga chiqqan odamlar virus yuqtiradi. Virus esa qurbonlarini kutmoqda», — dedi u.

U immuniteti susaygan odamlar karantindan keyin yana virusga chalinadigan bo‘lsa cheklov choralaridan ne naf, deya savol berdi.
Lukashenko avvalroq koronavirusni «yengil gripp» deb atagan va aholini xavotirlanmaslikka chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Yevropadagi karantin choralarini tanqid qildi