06:25 / 25.04.2020
3 230

Arktika muzliklari qachon to‘liq yo‘qolib ketishi ma’lum qilindi

Arktika muzliklari qachon to‘liq yo‘qolib ketishi ma’lum qilindi
Foto: Science Alert
Shimoliy Muz okeanidagi Arktika muzliklari 2050 yilga borib to‘liq erib ketadi. Bu haqda Science Alert saytida e’lon qilingan tadqiqotda so‘z boradi.

Millionlab yil davomida Arktika muzliklari qishda kengayib, yozda qisqarib kelgan. Inson faoliyati ta’siri sabab yuzaga kelgan global isish oqibatida esa ushbu sikl buzilmoqda.

Olimlar Shimoliy Muz okeani 2050 yilning yoziga borib muzsiz qolishini ko‘rsatuvchi yangi iqlim modelini yaratdi.

Foto: Science Alert
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur prognozlar eng «optimistik ssenariy» bo‘yicha qilingan. Bundan tashqari, muzlarning yo‘qolib ketishi global isish effektini ham tezlashtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktika muzliklari qachon to‘liq yo‘qolib ketishi ma’lum qilindi