17:06 / 25.04.2020
5 095

Nyu-Yorkda koronavirus manbai topildi

Nyu-Yorkda koronavirus manbai topildi
Foto: «Youtube.com»
Nyu-York hukumati koronavirus manbaini topishdi. Shtat gubernatori Endryu Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, virus Italiyadan kelgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Kuomo AQSH Shimoli-Sharqiy universiteti o‘tkazgan tadqiqot natijalarini keltirib o‘tgan. Unga ko‘ra, shtatda koronavirus ilk bor qayd etilgan 1 martga qadar o‘n minglab odamlar kasallikni yuqtirib bo‘lishgan.

Uning ta’kidlashicha, Amerika prezidenti Donald Tramp 2 fevral kuni, ya’ni Uxanda infeksiya tarqalganligi haqidagi ilk xabarlar paydo bo‘lgach bir oydan so‘ng Xitoydan kelishni taqiqlashni joriy etishni buyurdi. Lekin Yevropadan mamlakatga kirishni cheklash to‘g‘risidagi qaror faqatgina mart oyida, AQSHda virus tarqalib ketgandan keyingina qabul qilingan.

«Biz Xitoyga borishni taqiqlagunimizga qadar virus Xitoydan parvoz qilib bo‘lgandi», — deb izohlaydi Kuomo.

Nyu-York gubernatori AQSH ma’murlarini yanvar va fevralda xavotirli xabarlar kela boshlagan Xitoydagi epidemiyaga qarshi sust harakat qilganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki oy ichida Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jersi aeroportlariga 2,2 million kishi uchib keldi. Ularning ko‘pchiligi kasallikni yuqtirgan bo‘lishi mumkin.

Yo‘l qo‘yilgan xatolardan saboq chiqarish kerak. Chunki infeksiya kuzda yana avj olishi yoki yangi virus paydo bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi Kuomo.
Nyu-York AQSHda COVID-19 ning asosiy o‘chog‘i hisoblanadi. Mazkur shtat koronavirusga chalinganlar bo‘yicha dunyoning barcha mamlakatlaridan o‘zib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 263 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan. 16 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda koronavirus manbai topildi