05:42 / 26.04.2020
10 645

Kim Chen In vafot etgani rostmi?

Kim Chen In vafot etgani rostmi?
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen In 36 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The New York Post” gazetasiga Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti xabar qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz.

Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining o‘limi haqidagi ma’lumotlar Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan.
Yaponiya ommaviy axborot vositalari Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yurak jarrohlik amaliyotidan so‘ng "vegetativ holatda" ekanligini ta’kidlamoqda.

Tasdiqlanmagan yana bir nazariyaga ko‘ra, Kim Chen In yurak operatsiyasidan so‘ng vafot etgan. Bunga jarrohning qo‘llari qattiq titrayotgani sabab bo‘lgan.
Kim Chen Inning vafoti haqida rasmiy tasdiqlash hanuzgacha mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 aprel kuni Shimoliy Koreyaning rasmiy yangiliklar agentligi davlat rahbari Kim Chen In “chuqur meditatsiya”da ekanini ma’lum qilgandi.

Kim Chen Inning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabar joriy yilning 15 aprel kuni KXDR yetakchisi bobosi, mamlakatning birinchi rahbari Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirda ishtirok etmaganidan keyin tarqaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In vafot etgani rostmi?