09:09 / 26.04.2020
2 633

Tiklanish uchun 5 yilgacha vaqt: Xususiy biznesning koronavirus tufayli pessimizmi baholandi

Tiklanish uchun 5 yilgacha vaqt: Xususiy biznesning koronavirus tufayli pessimizmi baholandi
Foto: EPA/Vostock-photo
Butun dunyo bo‘ylab biznes rahbarlari global iqtisodiyot istiqbollarini ancha pessimistik ruhda baholashmoqda, biroq ular o‘z sohasi yoki kompaniyasi pandemiya oqibatlaridan ko‘p jabr ko‘rmaydi, deb umid qilishmoqda. The Economist tadqiqotida so‘ralganlarning yarmi inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga bir yildan ko‘proq vaqt sarflanadi, degan fikrni bildirishgan.

Koronavirus pandemiyasi va cheklov choralari sharoitida xususiy biznes optimizm tanqisligiga duch keldi, deb yozadi The Economist jurnalining tahliliy bo‘linmasi. Nashr butun dunyodagi kompaniyalarning top menejerlari kayfiyatini har oyda kuzatib borish uchun Global Business Barometer («Xalqaro biznes barometri») loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

Economist Intelligence Unit bo‘linmasi 26 martdan 6 aprelgacha 118ta davlatdan 2758 nafar top menejerlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Tahlilchilar ularga iqtisodiyot masalasida prognozlar qilishni, shuningdek pandemiya oqibatlari bilan qay tariqa kurashmoqchi ekanliklarini gapirib berishni so‘rashdi. Yaqin oylar uchun istiqbol haqida so‘ralganlar -50 («juda yomon» bo‘ladi)dan +50 («ancha yaxshi» bo‘ladi)gacha baholashgan.

Yaqin uch oyning «eng ahamiyatli tahdidlari» ro‘yxatida top menejerlarning 72 foizi «COVID-19 pendemiyasining yanada yoyilishi»ni tanlashgan. Rahbarlarni xavotirga solayotgan muammolar ro‘yxatining pastida proteksionizmdan tashvishlanish (13 foiz), iqtidorlar va malakali kadrlar yetishmasligi (13 foiz), shuningdek, kibertahdidlar va firibgarliklar joylashgan. Koronavirusgacha xususiy sektorning bu muammolardan xavotirlari o‘sib borayotgan edi.

Bundan tashqari, tahlilchilar top menejerlardan butun jahondagi, o‘z mintaqasi va davlatidagi, shuningdek, muayyan sohasi va kompaniyasidagi ishbilarmonlik muhiti haqida o‘z fikrlarini bayon etishni so‘rashgan. «Barometr» ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, baholanayotgan maydon toraygani sari rahbarlarning pessimizmi ham susaygan, lekin avvalgi optimizmga aylanmagan. Kelgusi uch oy uchun jahon iqtisodiyoti borasidagi kutilmalar –39,2ga teng. «O‘z mintaqangiz iqtisodiyoti» uchun –36,7, «mamlakatingiz iqtisodiyoti» uchun –36,4. Mahalliy prognozlar bo‘yicha pessimizm yanada sustlashgan. Sohalar darajasida ko‘rsatkich –22ga, kompaniyalar daradasida –17,8ga teng.

Tahlilchilarga ko‘ra, bunday natijalarning uchta turli talqini bo‘lishi mumkin:
  • Ko‘plab so‘ralganlar chindan ham o‘zlarining sohasi yoki kompaniyasi koronavirus iqtisodiyotda keltirib chiqargan chayqalishlardan kuchli izolyatsiya qilinganiga ishonishadi;
  • Top menejerlar butun iqtisodiyotdan ko‘ra o‘z kompaniyasi va sohasi taqdiriga kattaroq ta’sir o‘tkaza olishini sezishadi va bu ulardagi pessimistlik darajasini tushiradi;
  • Rahbarlar pandemiya oqibatida «o‘ziga xos qisqa fursatli kognitiv dissonans» his qilishlari mumkin. Shuning uchun ular bir-biriga zid nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlashadi: jahon va mintaqaviy iqtisodiyotlarda vaziyat kamida keyingi uch oy ichida yomonlashadi, lekin ularning o‘z sohasi va kompaniyalari bundan kamroq jabr ko‘radi.

Yaponiya pessimizmi va Xitoy optimizmi
Mamlakatlar darajasida eng katta pessimistlikni Yaponiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya top menejlari namoyish etgan. Yapon rahbarlari boshqa mamlakatlardagi top menejerlardan farqli o‘laroq jahon iqtisodiyoti ahvoli borasida «bir ovozdan pessimistlik»ka yaqin kelishgan (–45,2). Yaponiyada birorta respondent jahon iqtisodiyoti yaqin uch oy ichida «ancha yaxshi» yoki hech bo‘lmaganda «nisbatan yaxshi» vaziyatga tushishini ta’kidlamagan.

AQSH, Shveysariya va Xitoy top menejerlari biroz kamroq darajada pessimistlik namoyish etishgan. XXRda natijalar g‘alati: garchi bu yerda rahbarlar jahon iqtisodiyotida og‘ir vaziyat (–43) kutishayotgan bo‘lishsa-da, mintaqaviy iqtisodiyot (–19) va ayniqsa mamlakat iqtisodiyoti (–5) borasida nisbatan optimistlik ko‘rsatishgan.

Sohalar bo‘yicha so‘rov
Tadqiqotchilar 21 soha vakillari bilan suhbatlashishgan. Ularga yuqorida ko‘rsatilgan savollardan tashqari, o‘z biznesini to‘rt asosiy parametr: daromadlar o‘sishi, foydaga chiqish, bozordagi ulush va operatsion egiluvchanlik bo‘yicha baholashni ham so‘rashgan.

Daromadlarning o‘sishi va foydaga chiqish borasida riteyl hamda internet savdodan tashqari barcha sohalar pessimizm namoyish qilishgan. Bu ikki soha top menejerlari kamida koronavirus avj olishidan avvalgi ko‘rsatkichlarni kutishmoqda. Foydaga chiqish borasida optimistik prognozga moliyaviy xizmatlar sohasi (–1,2) va ishlab chiqarish (–1,6) ham yaqin kelgan, holbuki, aynan mana shu ikki sanoat jiddiy cheklov omillariga to‘qnash kelishgan. Bu borada eng katta pessimistlik ko‘ngilochar soha va media (–10,9), shuningdek, sog‘liqni saqlash (–9) tomonidan bildirilgan.

Top menejerlar pandemiya tufayli kelib chiqqan muammolarga qarshi kurashish uchun ikkita asosiy strategik qadam tayyorlashmoqda:
  • Bozorning kattaroq ulushini egallash. Reteyl va onlayn saydo (+6,7), ishlab chiqarish (+6,1), texnologiyalar va IT (+5,1), shuningdek, qurilish va ko‘chmas mulk (+5) bu borada ayniqsa optimistik kayfiyat namoyish etmoqda;
  • Operatsion egiluvchanlikni yaxshilash. Pandemiya oqibatlariga qarshi kurashishda bu strategiyaning muhimligini barcha soha vakillari qayd etishgan. Ular optipistik kayfiyatda (o‘rtacha +2,1) va yaqin uch oyda bu yo‘nalishda yanada kuchliroq bo‘lishlariga ishonishadi. Egiluvchanlik masofadan turib ishlashni ta’minlash, o‘zgarib turuvchi jadvallar va boshqa choralarni nazarda tutadi.

Bu qachon tugaydi?
Har qanday boshqa inqiroz bilan bo‘lgani kabi, top menejerlar virus ustidan g‘alaba qozonilgach, iqtisodiyot tezda oyoqqa turishidan umid qilishmoqda, deb ko‘rsatmoqda tahlilchilar. Rahbarlarning 40 foizi biznesining qayta oyoqqa turishi «bir yildan kamroq vaqt» olishi haqida ta’kidlagan. Biroq, 46 foizi bir yildan ikki yilgacha vaqt kerak bo‘ladi, deb hisoblashmoqda, 10 foizi esa uch yildan besh yilgacha muddat talab etiladi, degan fikrda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tiklanish uchun 5 yilgacha vaqt: Xususiy biznesning koronavirus tufayli pessimizmi baholandi