14:33 / 26.04.2020
3 630

Checheniston FVV xodimlari Ramzan Qodirovga taqlidan to‘liq tarkibda sochini oldirdi

Checheniston FVV xodimlari Ramzan Qodirovga taqlidan to‘liq tarkibda sochini oldirdi
Checheniston Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha erkak xodimlari sochini oldirdi. Qutqaruvchilar bu ishni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga taqlidan amalga oshirgan.

«Bu chaqiriqqa turli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar javob bermoqda. Biz ham chetda qolmadik», — deya yoziladi fotosuratga sharhda.

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov Checheniston ahlidan karantin vaqtida yopilgan sartaroshxonalarni ochish haqida tushgan so‘rovga javoban sochini to‘liq oldirgani xabar qilingan edi. Shundan so‘ng respublika rahbari barcha erkak hamyurtlarini o‘zidan o‘rnak olishga chaqirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Checheniston FVV xodimlari Ramzan Qodirovga taqlidan to‘liq tarkibda sochini oldirdi