Foto: elbadil.com
Saudiya Arabistonida voyaga yetmagan jinoyatchilarga o‘lim jazosi berilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda qirolning farmoniga asoslanib inson huquqlari bo‘yicha komissiya (HRC) xabar berdi.
Komissiyaning bildirishicha, endilikda voyaga yetmagan vaqtida sodir etgan jinoyati uchun o‘lim jazosiga hukm qilinganlar qatl etilmaydi. Buning o‘rniga ular 10 yildan кo‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi, dedi HRC Avvod Alavvod.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qirollikda «ancha zamonaviy jinoyat» kodeksi shakllanishiga xizmat qiladi va uning inson huquqlari sohasida islohotlar o‘tkazish istagini namoyish etadi.
Alavvod mazkur qaror ortidan boshqa islohotlar ham o‘tkazilishiga va’da berdi.
Amnesty International hisobotiga ko‘ra, 2019 yilda Saudiya Arabistonida 184 kishi qatl etilgan.
Avvalroq Saudiya Arabistonida darra bilan jazolash bekor qilingani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi