11:47 / 27.04.2020
2 208

Italiya do‘konlar, muzeylar, restoranlar va go‘zallik salonlarini ochishni mo‘ljallamoqda

Italiya do‘konlar, muzeylar, restoranlar va go‘zallik salonlarini ochishni mo‘ljallamoqda
Foto: btvnovinite.bg
Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte 18 maydan boshlab mamlakatda do‘konlar, muzeylar, restoranlar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarni ochish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti“ xabar bermoqda.

Sizga shuni aytishim mumkinki, biz 18 maydan boshlab chakana savdo do‘konlari, restoranlar, ko‘rgazmalar va muzeylar, shuningdek go‘zallik salonlari va jamoaviy mashg‘ulotlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz”, degan u.

Shu bilan birga Bosh vazir barcha ehtiyot choralari va me’yorlariga rioya qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, 4 maydan boshlab tamaddixonalarda taomlarni sotish qayta tiklanadi. Ammo ularni faqat uyda yoki ish joyida iste’mol qilish mumkin bo‘ladi.

Maktablar esa “ma’lum bir yoshdagilar uchun xavf mavjudligi” tufayli o‘quv yilining oxirigacha ochilmaydi.
Italiyada bir necha kundan beri koronavirus bilan kasallanish holatlari va u bilan bog‘liq o‘lim holatlari kamaymoqda.

Ushbu mamlakatda jami 197 ming kishi ushbu kasallikka chalingan. 26 ming kishi vafot etgan. Koronavirus tarqalishi bo‘yicha Italiya dunyoda AQSH va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiya do‘konlar, muzeylar, restoranlar va go‘zallik salonlarini ochishni mo‘ljallamoqda