16:00 / 27.04.2020
4 162

Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi

Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi
Foto: «Nur.kz»
Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi yana uzaytirilgani sababli bir qator qozog‘istonliklarga ijtimoiy to‘lov berish davom ettiriladi. Bu haqda Oq o‘rda saytida ma’lum qilindi.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat rejimini 11 mayga qadar uzaytirishga qaror qilgan edi. Shu sababli aprel oyida davlat tomonidan 42 500 tenge (taxminan 99 dollar) yordam puli olgan fuqarolar bu pulni may oyida ham olishni davom ettiradi.

«Hukumat daromadini yo‘qotgan fuqarolarga 42 500 miqdoridagi yordam pulini ikkinchi oy ham to‘lab beradi. Yana ariza berish shart emas. To‘lovlar ilgari taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi», — degan To‘qayev. Shuningdek, muhtoj oilalar oziq-ovqatlar to‘plamini olishda ham davom etishini ma’lum qilgan.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi davrida aholining 4 million 250 nafari 42 500 tengedan yordam puli olgan. Yana 570 dan ortig‘iga oziq-ovqat to‘plami berilgan. Umumiy hisobda 1,1 million kishini oziq-ovqat bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yana 1,6 million kishi aprel-may oylarida kommunal xizmatlar uchun 15 tenge miqdorida davlatdan yordam puli oladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. 11 aprel kuni esa mamlakat prezidenti favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirishga qaror qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda aholiga karantin sabab ketma-ket ikkinchi oy salkam 100 dollardan yordam puli tarqatiladi